TATU chilar Dasturlash bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn musobaqaning g‘oliblari bo‘lishdi

  • Home
  • TATU chilar Dasturlash bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn musobaqaning g‘oliblari bo‘lishdi

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan o‘quvchilar, talabalar hamda boshqa talabgor fuqarolar o‘rtasida dasturlash bo‘yicharespublika miqiyosida onlayn musobaqa joriy yilning 26 apreli va 9 may kuni tashkil etilgan edi.

Musobaqaning talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan bosqichida:

1-o‘rin: Hasanov Husayn Saidjamol o‘g‘li (TATU talabasi) – 8 ta masala
2-o‘rin: Baltabayev Nazarbek (TATU Urganch filiali talabasi) – 7 ta masala
3-o‘rin: Ganiyev Asadullo (TATU talabasi) – 6 ta masala

O‘quvchilar o‘rtasida:

1-o‘rin: Baxriddinov Maqsud Ilxomidin o‘g‘li (TATU Samarqand filiali qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi) – 5 ta masala
2-o‘rin: Xo‘jaqulov Dilshodbek Zafar o‘g‘li (Toshkent shahri, Aniq Fanlarga Ixtisoslashgan Davlat Umumta’lim Maktabi) – 4 ta masala
3-o‘rin: O‘rinov Azimjon Mehmonali o‘g‘li (Namangan viloyati, Namangan shahridagi prezident maktabi) – 3 ta masala

Fuqarolar o‘rtasida:

1-o‘rin: Hojiyev Sunnatullo (TATU o‘qituvchisi) – 7 ta masala;
2-o‘rin: Hasanov Saidjalol Saidjamol o‘g‘li (NamDU o‘qituvchisi) – 7 ta masala;
3-o‘rin: Xo‘jamurod Murtozaqulov (Toshkent FIDO-BIZNES dasturchisi) – 5 ta masala;

G‘oliblarni tabriklaymiz!

Eslatib o‘tamiz: Musobaqa savollari rossiyalik xalqaro toifadagi hakam Oleg Xristenko tomonidan tuzilgan bo‘lib, g‘oliblarni ham musobaqani bevosita kuzatib borgan ushbu hakam aniqlab bergan, murosasiz kurash esa 5 soat davom etgan. (ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining rasmiy telegramm saifasida yoritilgan).