Ochiq darslar talabalar uchun ham o‘qituvchilar uchun ham foydali

  • Home
  • Ochiq darslar talabalar uchun ham o‘qituvchilar uchun ham foydali

Bugungi kunda talabalarga jahon andozalari asosida bilim berish barcha oliy ta’lim muassasalari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. O‘qituvchilarning samarali dars o‘tish metodlari bo‘yicha o‘zaro dars almashishlarida ochiq darslar muhim ahamiyatga ega.

17 oktyabr kuni “Oliy matematika” kafedrasining dotsenti Adirov Tolliboy Xasanovich “Haqiqiy sonlar to‘plami. Kompleks sonlar va ular ustida amallar” mavzusida dasturiy injiniring fakultetining 312-17, 313-17, 314-17 guruhlarida ochiq dars o‘tkazdi. Ochiq darsda “Oliy matematika” kafedrasi mudiri R.R.Raxmatov, dotsent I.M.Hamdamov va assistent A.Matchanovalar ishtirok etdi. Ochiq darsda turli interfaol usullardan, texnik vositalardan keng foydalanildi.