TATUda Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan sport musobaqalari tashkil etildi

  • Home
  • TATUda Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan sport musobaqalari tashkil etildi
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni hamda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari Universitetida O`zbekiston Yoshlar ittifoqining Universitet boshlang`ich tashkiloti bir guruh yetakchi a'zolari tashabussi bilan musobaqa tashkillashtirildi.
Musobaqada sportning qo'l kurashi, stol tennisi hamda shaxmat va shashka turlari bo'yicha 100 ga yaqin talabalar o'zaro bellashdilar. Musobaqa juda ham qizg'in va ko'tarinki ruhda o'tdi.
Musobaqa g'oliblarini tanishtirib o'tsak:
- shaxmat bo'yicha faxrli birinchi o'rinni Barnayev Rustam, ikkinchi o'rinni Ubaydullayev Sirojiddin, uchinchi o'rinni Qutbiddinov O'tkirbek;
- shashka bo'yicha faxrli birinchi o'rinni Bobomurodov Rustam, ikkinchi o'rinni Abdullayev Erkin, uchinchi o'rinni Mamatov Baxtiyor; - stol tennisi bo'yicha faxrli birinchi o'rinni Abdurahimov Ulug'bek, ikkinchi o'rinni Abdullayev Zuhriddin, uchinchi o'rinni Tojiboyev Ravshan;
- qo'l kurashi bo'yicha faxrli birinchi o'rinni Jo'raqulov Farhod, ikkinchi o'rinni Ortiqov Azizjon, uchinchi o'rinni Xurramov Navro'z egalladilar.