“Muhandislik oyligi – 2026” boshlandi!

  • Home
  • “Muhandislik oyligi – 2026” boshlandi!

 

 

“Muhandislik oyligi – 2026” boshlandi!

2026 yil, 1 aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Muhandislik oyligi – 2026”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan an’anaviy tashkil etib kelinayotgan ushbu anjuman mamlakatimizda muhandislik sohasini rivojlantirish, yoshlarni zamonaviy texnologiyalarga keng jalb etish hamda innovatsion fikrlashni rag‘batlantirishga qaratilgan.

💼 Ochilish marosimida vazirlik rahbariyati, yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, xorijiy mehmonlar, soha ekspertlari hamda iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi.

➡️Tadbir doirasida:
— Muhandislik ishlanmalari ko‘rgazmasi;
— “Oliygoh kubogi” final bosqichi;
— Dron reysing va robototexnika musobaqalari;
— G‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

📊 E’tiborli jihati — 2026 yil aprel oyi “Muhandislik oyligi” deb e’lon qilinib, respublika bo‘ylab 30 dan ortiq oliy ta’lim tashkilotlarida yuzlab tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

➡️Jumladan, quyidagi zamonaviy yo‘nalishlar qamrab olingan:
— robototexnika
— sun’iy intellekt
— kiberxavfsizlik
— dron texnologiyalari
— yashil energetika
— aviatsiya modellashtirish

🎮 Oylik davomida xakatonlar, startap taqdimotlari, mahorat darslari hamda xalqaro ekspertlar ishtirokidagi leksiyalar tashkil etilib, yoshlarning nazariy bilimlari amaliyot bilan uyg‘unlashtiriladi.

🏆 “Muhandislik oyligi”ning yakuniy bosqichi sifatida 28–30 aprel kunlari “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda yoshlar xalqaro maydonda o‘z innovatsion g‘oyalarni namoyish etish imkoniga ega bo‘ladi.