Moskva aloqa va informatika texnika universitetiga tashrif

  • Home
  • Moskva aloqa va informatika texnika universitetiga tashrif
Moskva aloqa va informatika texnika universitetining 2016 yil 1 martdagi 368/02-17-sonli xati hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Rektorining 2016 yil 7 martdagi 07/03-sonli buyrug‘iga asosan  Moskva aloqa va informatika texnika universiteti bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasini qaytadan imzolash hamda universitetlar o‘rtasida ilmiy, o‘quv va uslubiy ishlar bo‘yicha hamkorlik qilish shartlarini kelishib olish, shuningdek universitetning 95-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan "Axborotlashgan jamiyat texnologiyasi” mavzusida 10-xalqaro ilmiy-texnik konferentsiyada ishtirok etish uchun 2016 yilning 15-18 mart kunlari o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor X.M.Bobomuradov rahbarligida, "Menejment va marketing” kafedrasi mudiri Sh.A.Tursunov, "Teleradioeshittirish tizimlari” kafedrasi professori T.G.Raximovlar Moskva shahrida xizmat safarida bo‘lib qaytishdi.
Xizmat safari davomida Moskva aloqa va informatika texnika universiteti rektori Yeroxin Sergey Dmitrievich,  xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Ievlev Oleg Pavlovich, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Kaprielova Olga Nikolaevna bilan universitetlar o‘rtasida ilmiy, o‘quv va uslubiy ishlar bo‘yicha hamkorlik qilish shartlari kelishib olindi va universitetlararo hamkorlik shartnomasi qaytadan imzolandi. Universitetning "Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti dekani Kuzovkova Tatyana Alekseevna, "Radio va televideniya” fakulteti dekani Pestryakov Aleksandr Valentinovich bilan universitet fakultetlari orasida ilmiy, o‘quv va uslubiy ishlar bo‘yicha hamkorlik qilishgakelishib olindi. Bundan tashqari "Aloqa iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri Salyutina Tatyana Yurevna, "Menejment” kafedrasi mudiri Reznikova Natalya Petrovnalar bilan universitetlararo imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida o‘quv, o‘quv-uslubiy hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlik qilishga kelishildi. Xalqaro aloqa akademiyasi prezidenti Ositis Anastasiya Petrovna bilan TATU o‘rtasida hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi."Axborotlashgan jamiyat texnologiyasi” mavzusida 10-xalqaro ilmiy-texnik konferentsiyasida TATUning 18 nafar professor-o‘qituvchilari ilmiy maqolalari chop etildi, jumladan o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor X.M.Bobomuradov, "Menejment va marketing” kafedrasi mudiri Sh.A.Tursunov, "Teleradioeshittirish tizimlari” kafedrasi professori T.G.Raximovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
 

Moskva aloqa va informatika texnika universitetiga tashrif

 

Moskva aloqa va informatika texnika universitetiga tashrif