"Megafon" va "Omega" kompaniyalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Joriy yilning 25-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga "Megafon" kompaniyasining sanoat yechimlari bo'yicha direktori Olga Maslova va "Omega" kompaniyasining tijorat bo'yicha direktori Sergey Simonovskiy tashrif buyurdi.
Uchrashuvda tomonlar bugungi ko‘rsatgichlari, erishgan yutuqlari va imkoniyatlari haqida gapirildi.
Muhokamalar davomida qo‘shma loyihalar va ta’lim dasturini tashkil etish bo‘yicha imkoniyatlari o‘rganildi. Shu bilan birga robototexnika, sun'iy intellekt, zamonaviy talim texnologiyalari va yechimlarini birgalikda ishlab chiqish boyicha kelishib olindi.