MATEMATIKA FANINI A’LO DARAJADA BILADIGAN TALABALAR DIQQATIGA!
Turkmaniston ta’lim vazirligi hamda Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universiteti murojaatiga asosan, 2026-yil 23–28-mart kunlari Turkmanistonda matematika fani bo‘yicha VI Ochiq Xalqaro Olimpiada (OMOUS-2026) bo‘lib o‘tadi.
🔴 Olimpiadada talabalar yakka tartibda yoki jamoaviy (4 nafar) shaklda ishtirok etishlari mumkin.
🔴 Bir nechta talaba va jamoalar qatnashish huquqiga ega.
🔴 Ishchi tillar: ingliz va turkman tillari.
🗓 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 10-martgacha
💬Rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘tiladi (https://iuhd.edu.tm/ru/academics/olimpiads/OMOUS/)
💡 Bilimingizni xalqaro maydonda sinab ko‘rish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!