


Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi oʻz ishini boshladi
Ayni paytda Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi” oʻz ishini boshladi. Unda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda.
Mazkur nufuzli tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari hamda Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlardan vazirlar, vazir oʻrinbosarlari, 300 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashmoqda.
Maʼlumot uchun, Kongressda Yevropa Ittifoqi davlatlaridan 45 ta universitetdan 80 nafardan ortiq vakillar, Markaziy Osiyo davlatlaridan 20 dan ortiq universitetdan 40 nafardan ziyod ishtirokchilar, shuningdek Oʻzbekistondan 80 dan ortiq oliy taʼlim muassasalaridan 200 nafardan ziyod vakillar qatnashmoqda.
Kongressning rasmiy ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Ilhom Siradjev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Toyvo Klaar, Polsha Respublikasi fan va oliy taʼlim vaziri Marsin Kulasek, Tojikiston Respublikasi taʼlim va fan vaziri Saidzoda Rahim Hamro, Polsha akademik oliy taʼlim muassasalari rektorlari konferensiyasi (CRASP) prezidenti Bogumila Kanevska hamda IREG Academic Ranking & Excellence Observatory prezidenti Valdemar Sivinski ishtirok etdi. Ular tomonidan taʼlim va ilm-fan sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirishga doir fikr va takliflar bildirildi.
Mazkur kongress oliy taʼlim tizimini rivojlantirish, ilmiy aloqalarni mustahkamlash hamda yangi hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yishda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.