“Milliy armiya - ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir boʻlib o‘tdi.

  • Home
  • “Milliy armiya - ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir boʻlib o‘tdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Milliy armiya - ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib o‘tdi.

Tadbirni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti birinchi prorektori D.Yaxshibayev ochib berdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Bobur Bobomurod vatanparvarlik ruhidagi she’rini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Aloqa harbiy instituti jamoalarining orkestr hamda kursantlarning harbiy-jangavor chiqishlari namoyish etildi.

Tadbir davomida Xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlashda, talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qo‘shgan samarali mehnati uchun universitet faxriy xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.