Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlik dissertatsiya himoyalari ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bazasida yuqori saviyada tashkil etildi.

  • Home
  • Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlik dissertatsiya himoyalari ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bazasida yuqori saviyada tashkil etildi.

 


🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlik dissertatsiya himoyalari ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bazasida yuqori saviyada tashkil etildi.

♻️ Jumladan:
🔹 70611003 – Mobil aloqa tizimlari;
🔹 70611005 – Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari mutaxassisliklari magistrantlarining himoyalari
“UNICON.UZ” Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi MChJda,
🔹 “Dasturiy injiniring” mutaxassisligi magistrantlarining dissertatsiya himoyalari esa
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida tashkil etildi.

💻 Himoya jarayonlari zamonaviy va innovatsion muhitda, tajribali mutaxassislar hamda soha ekspertlari ishtirokida o‘tkazildi.

📚 Magistrlik dissertatsiya ishlari ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ular ishlab chiqarish va soha korxonalari bilan integratsiyalashgan holda amalga oshirildi. Shuningdek, ayrim loyihalar doirasida elektron hisoblash mashinalari uchun dasturiy mahsulotlar ham yaratildi.

☑️ Davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya ishlarining dolzarbligi, ilmiy jihatdan puxta asoslangani hamda amaliy ahamiyati alohida e’tirof etildi.

👏 Magistrantlarni magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilganliklari bilan samimiy tabriklaymiz hamda ularga kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!