Kollejlar bilan hamkorlik davom etmoqda

  • Home
  • Kollejlar bilan hamkorlik davom etmoqda
12 may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilarining Yunusobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, kollej rahbariyati va o‘qituvchilari bilan uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda universitetning “Dasturiy injiniring” fakulteti dekani D.Abdullayev, “Telekommunikatsiya texnologiyalar” fakulteti dekani D.Davronbekov, “AKT sohasida kasb ta’limi” fakulteti dekani o‘rinbosari A.Raximov, “Tizimli va amaliy dasturlashtirish” kafedrasi mudiri K.Kerimov, “Informatika asoslari” kafedrasi o‘qituvchisi A.Maxmudov, “Axborot xavfsizligini ta’minlash” kafedrasi mudiri A.Ganiyev, “Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti” kafedrasi mudiri Z.Mingliqulovlar ishtirok etdilar.
Hamkorlik doirasida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda universitet va uning fakultetlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar berildi. Ma’ruzalar so‘nggida kollej o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
Kollej rahbariyati va o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan davra suhbatida bugungi kunda universitet kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar yuzasidan kelishib olindi.
Bu kabi uchrashuvlar joriy yilning 14 aprel kuni Toshkent aloqa kasb-hunar kollejida, 21 aprel kuni Toshkent telekommunikatsiya texnologiyalari kasb-hunar kollejida, 28 aprel kuni Yashnobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejida, 5 may kuni Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida o‘tkazildi, 19 may kuni Mirzo Ulug‘bek informatika kasb-hunar kollejida, 26 may kuni Toshkent radiotexnika va avtomatika kasb-hunar kollejida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.