KORRUPSIYA BOLALARNING BARKAMOL O’SISHIGA TO’SQINLIK QILADI VA BILIMSIZLIKNI KELTIRIB CHIQARADI!

  • Home
  • KORRUPSIYA BOLALARNING BARKAMOL O’SISHIGA TO’SQINLIK QILADI VA BILIMSIZLIKNI KELTIRIB CHIQARADI!
Barchamizga malumki, yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, unga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va fuqarolik jamiyatida bu kabi illatga yo‘l qo‘ymaslik masalalari hukumat darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, hozirgi kunda tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Korrupsiya illati fuqarolik jamiyatini ortga tortib uni rivojlanishi va yuksalishiga to‘sqinlik qilishi, halqaro miqyosda O‘zbekistonning nufuziga putur etkazishi, o‘z taraqqiyoti yo‘lida rivojlanishiga ulkan to‘siq bo‘lishi mubolag‘a emas. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar хavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
Yuqorida qayd etilgan salbiy holatlarga duch kelmaslik maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lida barchamiz birlashishimiz, bir yoqadan bosh chiqarishimiz, hamjihat va hamfikr bo‘lishimiz, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat siyosatini nafaqat qo‘llab-quvvatlashimiz, balki unda faol ishtirok etishimizni bugungi davrning o‘zi taqazo etayotganini unutmasligimiz shart va zarur.