Kuni kecha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Korea Information Society Development Institute (KISDI) delegatsiyasi tashrif buyurdi.

  • Home
  • Kuni kecha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Korea Information Society Development Institute (KISDI) delegatsiyasi tashrif buyurdi.


Delegatsiya tarkibida Xalqaro hamkorlik tadqiqotlari bo‘limi ilmiy xodimi Soyoung Seo hamda Sun’iy intellekt innovatsiyalari va biznes bo‘limi rahbari, PhD Seong Hwan Jular ishtirok etdi.

 Tashrif davomida sun’iy intellekt kompetensiyalarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga AI texnologiyalarini integratsiya qilish, akademik va sanoat hamkorligini kengaytirish, shuningdek, qo‘shma tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

 Uchrashuv ikki tomonlama ilmiy aloqalarni mustahkamlash hamda sun’iy intellekt sohasida xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi ta’kidlandi.