DIQQAT KONFЕRЕNSIYA! HURMATLI TALABALAR!

  • Home
  • DIQQAT KONFЕRЕNSIYA! HURMATLI TALABALAR!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-4969-son farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, 8 dekabr Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun umumxalq bayramini mamlakatimizda ko‘tarinki ruhda kutib olish hamda Bosh qomusimizning mazmun-mohiyatini talaba-yoshlar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat tarqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusidagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Ilmiy-amaliy konferensiya 2017 yil 1 dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida bo‘lib o‘tadi.
Ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: mamlakatimizdagi islohotlarning yangi bosqichidagi o‘rni;
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – ta’lim va madaniyatni oshirishning asosi;
  • Konstitutsiyaviy burch huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim omili sifatida;
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: inson manfaatlari va oilaviy munosabatlar;
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yoshlar masalasi;
Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamida chop etish uchun yuboriladigan ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan talablar:
Materiallar anjuman yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda bo‘lishi, hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib asoslantirilgan takliflar bo‘lishi hamda ilmiy rahbar xulosasi bo‘lishi shart;
Materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin (3 ta tildan 1 tasi tanlab yoziladi, bu degani 1 ta maqola 3 ta tilda bo‘lishi kerak degani emas);
Taqdim etiladigan material matnlari tahrir qilingan holda A4 o‘lchovidagi qog‘ozda, yuqoridan va pastdan 2,5 sm joy qoldirib yoziladi. 1 intervaldan keyin oliy ta’lim muassasasi nomi yoziladi. Materialning nomi, 1,5 intervaldan so‘ng muallifning ismi, otasining ismi va familiyasi bosh harflarda yoziladi. 1,5 interval qoldirib matn 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnning elektron nus’hasi MS WORD dasturida Times New Roman shriftida, 14 kegl kattaligida 1,5 intervalda bo‘lishi va 3-5 betgacha hajmda bo‘lishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati matn oxirida beriladi.
Ishtirokchi maqolasi sarlavhasiga uning fotosurati joylashtirilishini inobatga olib har bir ishtirokchi o‘zining 3x4 xajmdagi sifatli fotosuratini taqdim etishi lozim.
Maqolalar joriy yilning 10 noyabr sanasiga qadar mm.markaz@tsul.uz elektron manziliga yuborilishi kerak.
Taqdim etilgan maqolalar tahrir hay’ati tomonidan tekshiriladi va ilmiy-amaliy konferensiya talabiga mos kelmagan materiallar qabul qilinmaydi. Hammualliflar ikkitadan ortiq bo‘lmasligi va bir muallifdan taqdim etiladigan maqola bittadan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Taqdim etilgan maqolalarda keltirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun muallif(lar) shaxsan javobgardir. Ilmiy-amaliy konferensiyada o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etgan ishtirokchilarga sertifikat beriladi.
Tashkiliy qo‘mita manzili: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy Toshkent davlat yuridik universiteti 2-binosi 110-xona.

BARCHA TALABALARNI USHBU KONFЕRЕNSIYADA O‘Z MAQOLALARI BILAN ISHTIROK ETISHGA CHORLAB QOLAMIZ!