Kollejlar bilan hamkorlik davom etmoqda

  • Home
  • Kollejlar bilan hamkorlik davom etmoqda


19 may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o’qituvchilarining Mirzo Ulug’bek informatika kasb-hunar kolleji o’quvchilari, kollej rahbariyati va o’qituvchilari bilan uchrashuvi o’tkazildi. Uchrashuvda universitetning “Kompyuter injiniring” fakulteti dekani K.Toshev, “Axborot xavfsizligi” fakulteti dekani D.Irgasheva, “AKT sohasida kasb ta’limi” fakulteti dekani o’rinbosari A.Raximov, “Informatika asoslari” kafedrasi mudiri SH.Sadullaeva, “Axborot xavfsizligini ta’minlash” kafedrasi mudiri A.Ganiev, “Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti” kafedrasi mudiri Z.Mingliqulov, “Tizimli va amaliy dasturlashtirish” kafedrasi mudiri K.Kerimov, “Telekommunikatsiyada boshqaruv tizimlarining apparat va dasturiy ta’minoti” kafedrasi mudiri S.Parsiev, “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi mudiri I.Siddiqov, “Telekommunikatsiyada boshqaruv tizimlarining apparat va dasturiy ta’minoti” kafedrasi professor-o’qituvchilari F.Axunov va J.Maqsudovlar ishtirok etdilar.

Hamkorlik doirasida o’tkazilgan ushbu uchrashuvda universitet va o’z fakultetlar to’g’risida qisqacha ma’lumotlar berildi. Ma’ruzalar so’ngida, kollej o’quvchilari o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Kollej rahbariyati va o’qituvchilari bilan o’tkazilgan davra suhbatida bugungi kunda universitet kafedralari professor-o’qituvchilari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar yuzasidan kelishib olindi.