“Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida tadbir

  • Home
  • “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida tadbir

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari oʼrtasida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida tadbir o‘tkazildi

Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi xodimi J. Melqo‘ziyev, Toshkent shahar Yunusobod tumani 5-son IIB profilaktika katta inspektori A. Xadjayev, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori F. Aripjanov hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i X. Tursunov ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida, bugungi kunda yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mafkuraviy tahdidlar va ularni oldini olish masalalari haqida atroflicha tushunchalar berib o‘tildi. Ma’naviy barkamollikka eltuvchi yo‘ldagi eng asosiy sifatlar va jihatlarga oid tajribaviy-tavsiyaviy xarakterdagi ma’lumotlar ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir so‘ngida, talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddi vakillar atroflicha, hayotiy misollar asosida javob berib, o‘z tavsiya va maslahatlarini berib o‘tishdi.