Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikdagi 2022-yilning 29-30-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan “Axborot texnologiyalari, tarmoqlar va telkommunikatsiyalar” - ITNT-2022 mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘z faoliyatini boshladi.
Bugungi ilmiy-amaliy anjumanimizda nufuzli xorijiy universitetlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, milliy universitetlarimiz vakillari ishtirok qilmoqda. Anjumanni filialimiz Yoshlar masalalari va manaviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari O'tkir Matyakubov ochib berdilar. Anjumanda ko'plab talabalar o'zlarining ilmiy maqolalari bilan ishtirok qilmoqdalar.
Xususan, Rossiyaning Novosibirsk davlat universiteti, Novosibirsk iqtisodiyot va boshqaruv universiteti, Axborot va hisoblash texnologiyalari federal tadqiqot markazi, Sankt-Peterburg davlat axborot texnologiyalari, Mexanika va optika universiteti, Tojikiston davlat savdo universitetining Iqtisodiyot va savdo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Jizzax politexnika instituti, I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Gulistan Davlat Universiteti, Namangan davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Urganch davlat universiteti, TATU Samarqand Filiali, TATU Farg‘ona Filiali, TATU Qarshi filiali, TATU Nukus Filiali, Davlat test markazi, Buxoro muhandislik texnologiya instituti vakillari ishtirok qilmoqda.