Inxa rektori/prezidenti Sunja Choy boshchiligidagi 9 nafar hodimdan tashkil topgan Inxa delegatsiyasi 2015 yil 12 avgust kuni TATUga tashrif buyurdi. Mehmonlarni TATU prorektori AKT-maslahatchi Li Chul Su va Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i A.B. Radjievlar kutib oldilar. Uchrashuvga Toshkent shahridagi Inxa universiteti rektori Sh. Shermatov, prorektorlar va xalqaro aloqalar bo'limi xodimi hamda 9 nafar hodimdan tashkil topgan Inxa delegatsiyasi, TATU rektori X. Muxitdinov, prorektor maslahatchi Li Chul Su, o'quv ishlari bo'yicha birinchi prorektor v.v.b. F. Nuraliev va xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i A. Radjievlar qatnashdilar.
Uchrashuv mobaynida TATU rektori mehmonlarning tashrifini yuqori baholab, joriy yili Inxa rektori/prezidenti lavozimiga yangi saylangan Sunja Choy xonimni mazkur yangilik bilan tabriklab, oxirgi 2 yil ichida ikki universitet o'rtasidagi aloqa yuqori darajaga chiqqanini ta'kiladi. Hususan, ikki universitet talabalar almashinuvi, TATU o'qituvchi-professorlarini Inxada malaka oshirish va boshqa yo'nalishlarda hamkorlik ishlari amalga oshirilgani ta'kidlab o'tildi. Qo'shimcha qilib, kelajakda hamkorlikni yanada rivojlantirish, ayniqsa doktorantura yo'nalishida yuqori malakali ilmiy izlanuvchi xodimlarni birgalikda tayyorlash, dissertatsiya hamda ilmiy maqolalarni yozishda Inxa universiteti professorlari bilan birga ishlash, axborot resurslaridan birgalikda foydalanish, hamda Toshkent shahridagi Inxa universiteti talabalari va TATU talabalarini bir birlari bilan uzviy bog'lash kabi imkoniyatlarni yaratish istagi bildirildi.
Uchrashuvdan so'ng mehmonlar TATUda talabalar uchun yaratilgan bir qator ilmiy-amaliy laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar bilan jixozlangan dars xonalari, internet plaza markazlari bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv so'ngida esdalik uchun mehmonlar bilan birgalikda suratga tushildi.