Yaponiyaning “The Goi Peace” jamg‘armasi “Mening qadriyatlarim” mavzusidagi eng yaxshi insho yozish Xalqaro tanlovi o‘tkazmoqda

  • Home
  • Yaponiyaning “The Goi Peace” jamg‘armasi “Mening qadriyatlarim” mavzusidagi eng yaxshi insho yozish Xalqaro tanlovi o‘tkazmoqda

DIQQAT E’LON!!!

✅O‘zbekiston Respublikasining Tokio shahridagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Yaponiyaning “The Goi Peace” jamg‘armasi “Mening qadriyatlarim” mavzusidagi eng yaxshi insho yozish Xalqaro tanlovi o‘tkazmoqda.

Insho ingliz yoki fransuz tillarida 700 so‘zgacha hamda yapon tilida 1600 so‘zgacha bo‘lishi lozim.

Tanlov ishtirokchilari o‘z insholarini www.goipeace.or.jp veb-sahifasi va essay@goipeace.or.jp elektron manzil orqali online tarzda taqdim etishlari mumkin.

📅Insholarni on-layn taqdim etish oxirgi muddati – 2022-yil 15-iyun.

✅Tanlovning bosh sovrini: 100 ming yen (taxminan 840 AQSh dollari) va esdalik sovg‘alar.

📌Batafsil ma'lumot https://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ rasmiy saytda tanishib chiqishingiz mumkin.