Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univeritetida “International Conference on Information Science and Communications Technologies ICISCT 2023, Applications, Trends and Opportunities” nomli xalqaro ilmiy-texnik konferensiyaning 1-kuni bo‘lib o‘tdi.
Ushbu anjumanga bir qator xalqaro spikerlar taklif etilgan bo‘lib, universitetimizning qator professor-o‘qituvchilari bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilmiy texnikaviy va kasbiy ko‘nikmalarni bilan o‘rtoqlashishdi.
Ma’lumot o‘rnida: Xorijiy mutaxassislar ishtirokida turli texnologik yangiliklarni muhokama etib, milliy AKT rivojiga ilmiy-texnikaviy asoslarni shakllantirishga mo‘ljallangan IEEE tomonidan tashkil etilgan xalqaro konferensiyalar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Konferensiya doirasida an’anaviy tarzda konferensiya materiallari elektron resurs sifatida chop etilib, Engineering Index (EI) va EI Compendex IEEE XploreTM tarkibida ISBN raqamlari bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda SCOPUS bazasida indekslanadi.
Mazkur konferensiyada tadbir mehmonlari sifatida Turkiya, Koreya, Malayziya, Tayvan kabi mamlakatlardan yetakchi olimlar ishtirok etishdi.