“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanloviga arizalar qabuli boshlandi!

  • Home
  • “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanloviga arizalar qabuli boshlandi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sizni “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovida ishtirok etishga chorlaydi!

❗️Tanlovda davlat oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 35 yoshgacha boʻlgan yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilari va talabalar qatnashishlari mumkin.

➡️G‘oliblar quyidagi mukofotlar 🌟bilan taqdirlanadi:

🥇-o‘rin - BHMning 25 baravari miqdorida;
🥈-o‘rin - BHMning 20 baravari miqdorida;
🥉-o‘rin - BHMning 15 baravari miqdorida.

🎚 Arizalar joriy yilning 10-mayga qadar (shu kuni ham) soat 09:00 dan - 18:00 gacha qabul qilinadi.

📃Tanlov nizomi.

🔖Ariza namunasini yuklab olish.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
tanlovga taqdim etilayotgan material va ularning qachon va qaysi ilmiy-ommabop gazeta va jurnalda e’lon qilinganligi haqidagi ma’lumot; ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda chop etilgan materialning elektron (pdf) shakli.

Hujjatlarni yuborish 🌐@Maruf3001.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +99899 750 27 01.