Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ilk bor Mini futbol bo‘yicha "TATU ko‘chma kubogi" chempionati tashkil etildi.

  • Home
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ilk bor Mini futbol bo‘yicha "TATU ko‘chma kubogi" chempionati tashkil etildi.
 
📌Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek "Aholini jismoniy tarbiya bilan muntazam shugʻullanib, sogʻlom turmush kechirishga jalb etish, shu orqali kasalliklarning oldini olib, odamlarning umrini uzaytirish konsepsiyaning asosiy yoʻnalishi va natijasi boʻlishi kerak"
 
🏛Shu munosabat bilan joriy yil 24-25-26 - dekabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ilk bor Mini futbol bo‘yicha "TATU ko‘chma kubogi" chempionati tashkil etildi.
 
⚽️Musobaqada universitetning va universitet filiallarining hamda texnikumlarning professor-o‘qituvchilari va xodimlari qatanashib, jami 8 ta jamoa ishtirok etdi, yarim finalga TATU, TATU2, Nurafshon va Samarqand jamoalari yo‘llanma oldi.
 
Yarim finalda g‘olib bo‘lgan TATU va Samarqand jamoalari final bahsida o‘zaro kurash olib bordilar. Shiddatli kechgan final o‘yinida TATU jamoasi 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.
 
TATU2 va Nurafshon jamoalari 3-o‘rin uchun kechgan bahsda TATU2 jamoasi 5:4 hisobida ga’laba qozondi.
 
✅G‘olib jamoalar:
🥇-o‘rin TATU jamoasi
🥈-o‘rin Samarqand jamoasi
🥉-o‘rin TATU2 jamoasi
 
 
📌Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomidan barcha filial, texnikum hamda litsey professor-o‘qituvchilari va xodimlariga minnatdorchilig bildirib qolamiz.