Kuni kecha Samarqand shahrida Ikkinchi O‘zbekiston–Xitoy hududlararo anjumani doirasida “Ta’lim, fan va texnologiya sohasida innovatsion hamkorlik” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

  • Home
  • Kuni kecha Samarqand shahrida Ikkinchi O‘zbekiston–Xitoy hududlararo anjumani doirasida “Ta’lim, fan va texnologiya sohasida innovatsion hamkorlik” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Shensi va Tsinxay viloyatlarining ta’lim departamentlari rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoyning 20 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari vakillari ishtirok etdilar.Forum doirasida “Muhandislik sohasida ta’lim va kadrlar tayyorlashda hamkorlik” mavzusida xalqaro sessiya tashkil etildi. Ushbu sessiyada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ham faol ishtirok etdi. Shu bilan bir qatorda forum doirasida tashkil etilgan “Study in Uzbekistan” va “Study in China” ko‘rgazmalari doirasida ikki davlatning yetakchi universitetlari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalar, ta’lim dasturlari hamda xalqaro hamkorlik imkoniyatlari namoyish etildi.

Ushbu forum O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ta’lim va ilmiy sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish va ilmiy salohiyatni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.