ICT dictionary

  • Home
  • ICT dictionary

TATU qoshidagi O'zbek-Hind Axborot Texnologiyalari markazining ProLab Android jamoasi android qurilmalar uchun mo'ljallangan "AKT izohli lug'ati" ilovasining yangilangan versiyasini ishlab chiqdi.

Ushbu lug'at Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va O'zbekiston Respublikasi hukumati o'rtasidagi qo'shma "O'zbekiston Respublikasi hukumatiga mamlakat rivojlanishi uchun AKT siyosatini shakillantirish va joriy etishda ko'mak" (ICTP) loyihasi tomonidan Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash hamda O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Lug'at O'zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yanada ommaviylashishi uchun xizmat qilishga mo'ljallangan.

Ushbu AKT lug‘atida axborot kommunikasiya texnologiyalarining turli yo‘nalishlari, jumladan, kompyuterlashtirish va axborotlashtirish, telekommunikatsiya va tarmoq texnologiyalari, dasturiy va uskunaviy ta’minot, elektron hukumat, axborot xavfsizligi, telekommunikatsiya tizimlari, ma’lumotlarni qayta ishlash, masofaviy ta’lim, davlat boshqaruvida AKTdan foydalanish sohalari bo‘yicha 5000 ga yaqin atama va tushunchalar mavjud.

Lug'atning elektron kitob nusxasi BMTTD O'zbekistondagi vakolatxonasi va ICTP loyihasining Internetdagi www.undp.uz va www.ictp.uz saytlarida joylashtirilgan.

Lug'atning android qurilmalar uchun ilovasini ushbu manzildan yuklab oling.