
Sizni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.13/30.12.2019.T.07.01 raqamli Ilmiy kengashda boʻlib oʻtadigan dissertatsiya himoyasiga taklif etamiz. Ilmiy kengash majlisida quyidagi ishlar ko‘rib chiqiladi:
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU tadqiqotchisi Asqaraliyev Odilbek Ulug’bek o’g’lining 05.01.10 - “Axborot olish tizimlari va jarayonlari” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Koʻp pogʻonali korporativ tizimlararo axborot almashish jarayonlari samaradorligini oshirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi, 2025-yil 15-iyul soat 10-00.
Ilmiy maslahatchi: t.f.d., professor, X.N. Zaynidinov
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU tadqiqotchisi Qoʻshiyev Bahodir Habibjon oʻgʻlining 05.01.04 ‒ “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy taʼminoti” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Qishloq xo‘jaligi axborot-hisoblash tizimini raqamlashtirilgan innovatsion tarmog‘ini yaratish”mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi, 2025-yil 15-iyul soat 12-00.
Ilmiy rahbar: t.f.d., dotsent, Dj.B. Sultanov
Ilmiy kengash majlisi 2025-yil 15-iyul kuni soat 10-00 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU “E” bino 101-xonada bo‘lib o‘tadi.