Sizlarni 2026-yil 28-oktabr kuni soat 1000 da boʻlib oʻtadigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.09/2025.27.12.T.01.03 raqamli ilmiy Kengash qoshidagi 05.01.02-“Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash”,
05.01.03-“Informatikaning nazariy asoslari” hamda 05.01.11-“Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt” ixtisosliklari boʻyicha Ilmiy seminarga taklif etamiz. Ilmiy seminarda quyidagi ish koʻrib chiqiladi.
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mustaqil izlanuvchisi Ro‘zibayev Ortiq Baxtiyorovich 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” ixtisosligida texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Tibbiy tashxislash masalalarini hal qilishda informativ belgilar to‘plamini optimal tanlash usullari va algoritmlari” mavzusidagi dissertatsiyasi ishi muhokamasi, 2026-yil 28-oktabr soat 1000.
Ilmiy rahbar – Nishanov Axram Xasanovich texnika fanlari doktori, professor.
Seminar 2026-yil 28-oktyabr kuni E-bino, 101-xonada boʻlib oʻtadi.
Boshlanish vaqti soat 1000.