Hurmatli 3 va 4 kurs talabalari!

  • Home
  • Hurmatli 3 va 4 kurs talabalari!

Sizni 15-aprel kuni Universitetda, Ucell kompaniyasi bilan bo‘lib o‘tadigan seminar-uchrashuvga taklif qilamiz!

🗣Ushbu uchrashuvda siz, UCELL kompaniyasi faoliyati, asosiy tijorat bloki va texnik blok ish yo‘nalishlari haqida batafsil bilib olasiz. Eng qiziq tomoni shundaki tadbir davomida, kompaniyada ishga kirish jarayoni va pullik stajirovka dasturlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

💼 Shuningdek, Ucell kompaniyasining ko‘p yillik tajribaga ega yetuk mutaxassislardan qimmatli bilimlarga ega bo‘lasiz hamda o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olishingiz mumkin.

🥳 Tadbirda interfaol o‘yinlar o‘tkaziladi va eng faol ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

📣 Ma’ruzachilar:

➡️ Mirsaid Mirfayziev - Mobil tarmoq operatsiyalari boshlig‘i;
➡️ Jahongir To‘laganov - Savdoni rivojlantirish va samaradorlik bo‘limi boshlig‘i;
➡️ Aleksandra Seit Mamutova - Ichki aloqa menejeri.

💻 Tadbir o‘tkazish joyi:
📆 Sana: 15-aprel 2025-yil
📍 Manzil: TATU A-bino, 3-qavat, 318-xona.
⏰ Vaqti: 10.00-11:30
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Bizni kuzatishda davom eting!