Hududiy filiallar bilan videokonferentsiya

  • Home
  • Hududiy filiallar bilan videokonferentsiya

Joriy yilning 20 may kuni universitet va uning hududiy filiallari o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini kengaytirish maqsadida, "Ilmiy-tadqiqot ishlari va doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash masalalari” mavzusida "Menejment va marketing” kafedrasi professori A.M.Qodirov, "Biznesni boshqarish asoslari” fanidan mavjud o‘quv-uslubiy majmualarni takomillashtirish masalalari bo‘yicha kafedra mudiri Sh.A.Tursunov va kafedra professor-o‘qituvchilari barcha hududiy filiallarning "Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan videokonferentsiya o‘tkazishdi. Videokonferentsiyada hududiy filiallar professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda o‘quv, uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish bo‘yicha kelishib olindi. Filial professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, hamkorlikda ilmiy maqolalar yozish va chop etish, filial yosh olimlari va ilmiy tadqiqotchilarining doktorlik dissertatsiyalari himoyalari va seminarlarini o‘z vaqtida tashkil etish hamda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli amaliy ishlar olib borish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

 

Hududiy filiallar bilan videokonferentsiya

 

Hududiy filiallar bilan videokonferentsiya

 

Hududiy filiallar bilan videokonferentsiya