Hashar – elga yarashar!

  • Home
  • Hashar – elga yarashar!

Barchamizga ma’lumki, hashar xalqimizning eng qadimiy va boqiy qadriyatlaridan biri sifatida ta’riflanadi. Uning zamirida Vatanni sevish, yurtni obod etish va farovon turmush barpo etishga intilish kabi ezgu tuyg‘ular mujassam.

Ushbu hayrli ishga o‘z xissasini qo‘shishni niyat qilgan TATU jamoasi Yunusobod tumanida joylashgan Oqtepa MFY, Oqtepa qabristonida xayriya hasharini o‘tkazdilar va obodonlashtirish ishlarini olib bordilar.

Hashar davomida qabristonning hududi va yon atroflari, shuningdek ariq-zovurlar va qabrlar atrofi tozalandi hamda 500 tup archa ko‘chatlari ekildi.