Hamkorlikdagi seminar

  • Home
  • Hamkorlikdagi seminar
24 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining  2016 yil 23 fevraldagi 17-son bayoni va Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 99-sonli buyrug`i ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutida "Elektron hukumat" va "Elektron ta’lim" mavzusida seminar o`tkazildi. Unda Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti prorektori, AKT bo’yicha maslahatchi Chul Soo LEE va Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti dekan muovini Jamshid Sultanovlar ishtirok etdilar.
         Seminarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori, AKT bo’yicha maslahatchi Chul Soo LEE "Elektron hukumat va  elektron ta’lim bo`yicha  Koreya tajribasi” mavzusida taqdimot o`tkazdi. Janob Chul Soo LEE o`z taqdimotida asosiy e’tiborni Koreyaning ta`lim tizimida axborot texnologiyalarining qo`llanilishi va uning mamlakat  Elektron hukumat tizimi bilan qanchalik darajada bog`langanligi, hamda ta`limga oid interaktiv xizmatlar ko`rsatilish holatiga qaratdi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim, o`quv jarayonini axborot texnologiyalari orqali samarali tashkil etish, elektron kitoblardan foydalanish, bu borada o`qituvchining AKTdan foydalanish malakasi haqida fikr yuritildi.
Shu bilan birga, seminarda O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi huzuridagi "Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi” direktor o`rinbosari Elyor Rahmonov "O`zbekiston Respublikasida elektron hukumat tizimini shakllantirish va rivojlantirishning xususiyatlari” mavzusida ma’ruza qildi va professor-o`qituvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Seminar yakunida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti dekan muovini Jamshid Sultanov Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "UNISYS – o`quv jarayoni monitoringi axborot tizimi"ning joriy etilishi tajribasi bilan tanishtirdi. Taqdimotda hususan, bugungi kunda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ta`lim jarayonida qo`llanilayotgan axborot tizimlari va interaktiv xizmatlar haqida atroflicha axborot berildi.  

HAMKORLIKDAGI SEMINAR

 

HAMKORLIKDAGI SEMINAR

 

HAMKORLIKDAGI SEMINAR