Hamkorlik seminari

  • Home
  • Hamkorlik seminari
9 aprel kuni TATU Telekommunikatsiya injineringi kafedrasining soha korxonalari hamkorligi yuzasidan "O‘zbektelekom” AK TShTT filiali bilan "Toshkent shahar telefon tarmog‘ining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda "O‘zbektelekom” TShTT filiali mutaxassislari: Sh.Abidxodjaev, J.Aripov, S.Kochkartaev, universitet rahbariyati va telekommunikatsiya fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda 3-4-bosqich talabalari ishtirok etdilar.
Seminar davomida TShTT filiali mutaxassislari tomonidan Toshkent shahar telefon tarmog‘ining tarixi, telefon tarmog‘ining tuzilishi, mavjud zamonaviy telekommunikatsiya tarmog‘i texnologiyalari va uning xizmatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.   
 

Hamkorlik seminari

 

Hamkorlik seminari 


Hamkorlik seminari