GDG Tashkent DevFest 2025 — yilning eng kutilgan IT festivali!

  • Home
  • GDG Tashkent DevFest 2025 — yilning eng kutilgan IT festivali!

Google texnologiyalari ixlosmandlarining notijorat hamjamiyati — Google Developer Group (GDG) Tashkent barcha dasturchilar, frilanserlar va IT mutaxassislarni yilning eng yirik texnologiya festivaliga taklif etadi!

🌍 DevFest bir necha yildan buyon minglab mutaxassislarni jamlab, machine-learning, cloud texnologiyalar, mobil va veb dasturlash, ovozli interfeyslar, AR/VR kabi yo‘nalishlarda bilim almashish maydoniga aylangan.

🔹 2025-yilgi DevFest — keng ko‘lami bilan avvalgilaridan ajralib turadi:

✔️5000+ ishtirokchi;
✔️Dunyo darajasidagi 30+ spikerlar;
✔️Google, Yandex, TikTok, Pinterest, Bank of America kabi gigantlar;
✔️AQSh, Polsha, Ruminiya, Rossiya, Malayziya va BAA’dan kelgan ekspertlar;

Ularning ishtiroki O‘zbekiston IT hamjamiyatiga bo‘lgan global qiziqishning ortayotganini yana bir bor isbotlaydi.

Bundan tashqari:

➡️ Expo-zona — 10+ kompaniya
➡️ 15 ta workshop va treck
➡️ 3 milliondan ortiq auditoriya qamrovi

📍Manzil: Alisher Navoiy nomidagi Kino saroy (A. Navoiy ko‘chasi, 4A, Toshkent sh.)
📅Sana: 2025-yil 6-dekabr

Ishtirok etish — BEPUL!

O‘zbekiston IT sohasidagi eng yirik voqea — DevFest 2025ni o‘tkazib yubormang!

✍️Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting 

Email: info@ite-association.uz
☎️ (+998) 55-511-07-77