💻 Joriy yilning 11-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yevropa Ittifoqining "Yevropa ta’lim va madaniyat ijro agentligi" (EACEA) Loyiha ofitseri Maria-Sol Dominguez Parrado, O‘zbekiston Erasmus milliy ofisi (NEO) koordinatori Aziza Abdurahmonovalar tashrif buyurdi hamda TATU rektori B.Maxkamov bilan uchrashuv tashkil etildi.
🤝 Mazkur ushrashuvda EACEA loyihasi ofitseri Maria-Sol Parrado TATUning Markaziy Osiyo universitetlari ichida 3 ta ERASMUS+ loyihasi grandholderi hisoblangan yagona universitet ekanligini alohida ta’kidladi.
📄 Xususan, Universitetda muvaffaqqiyatli amalga oshirilib kelinayotgan SPACECOM loyihasi keyingi ikkita loyihalarni qo‘lga kiritishga asos bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda uchrashuv davomida SPACECOM va INMACOM loyihalarining natijalari muhokama qilindi, shuningdek, mazkur loyihalar doirasida universitetda tashkil etilgan yangi yo‘nalishlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
🗒 Ma’lumot uchun: Universitetimizda so‘nggi 3 yilda 10 dan ortiq Erasmus+ loyihasi amalga oshirildi hamda mazkur yillar davomida universitet grandholder sifatida loyihalarni boshqarmoqda. Joriy yilda ham “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUz)” loyihasi grandholder sifatida qo‘lga kiritildi. Ushbu grant loyihalar doirasida TATU va Yevropaning yetakchi OTMlari o‘rtasida yaqindan hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.