DECIDE xalqaro loyihasi doyirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Milliy xabardorlik kuni”

  • Home
  • DECIDE xalqaro loyihasi doyirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Milliy xabardorlik kuni”

DECIDE xalqaro loyihasi doyirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Milliy xabardorlik kuni”

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2021 yil 16 dekabr Yevropa Hamkorligi ERASMUS+ 598661-EPP-1-2018-1-RO-EPPKA2-CBHE-JP «Developing Services for Individuals with Disabilities» (Imkoniyati cheklanganlar uchun xizmatlarni rivojlantirish) xalqaro loyihasi doyirasida inklyuziv ta’limning dolzarb muammolari bо’yicha loyihaning “Imkoniyati cheklangan talabalar uchun Milliy xabardorlik kuni” (National Awareness Day for students with disabilities) onlayn tadbiri bо’lib о’tdi.

Onlayn tadbirda Yevropa hamkorlar universitetlari a’zolari, DECIDE loyihasi koodinatori Angela Repanovichi (Transilvaniyaning Brashova universiteti, Ruminiya), professor Anwar Kawtharani, professor Dina Shouman, professor Ashraf Shaqadan (Iordaniya), О’zbekiston NEO Koordinatori Aziza Abduraxmonova, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо’yicha prorektor Komil Tashev, DECIDE xalqaro loyihasining xorijiy hamkorlari, DECIDE loyihasining О’zbekistondagi bosh koordinatori Sherzod G‘ulomov, OTMning magistrant va talabalari, davlat xizmatchilari, nodavlat tashkilotlar xizmatchilari, imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalari, jami 141 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Onlayn tadbirda О’zbekistonda imkoniyati cheklangan talabalar uchun ijtimoiy-qulay sharoitlarni yaratish, inklyuziv oliy ta’limda tо’siq va imkoniyatlar, imkoniyati cheklangan talabalarning huquqlari va hayoti bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

 

Yuqorida keltirilganlar ma’lumotlar bilan bir qatorda, nodavlat tashkilotlar xizmatchilari, imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalari ularni о’qitish usullari haqida to‘liq ma’lumot berib о’tishdi.