2026-yil 13–16-yanvar kunlari Toshkent shahridagi “Turin Politexnika Universiteti (TTPU)”da Erasmus+ CBHE DEBSEUz loyihasi doirasida xalqaro workshop va konsortsium uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir “Solar Energy for Uzbekistan — Education, Innovation, Industry” mavzusiga bag‘ishlanib, O‘zbekistonda quyosh energetikasi sohasida ta’lim, innovatsiya va sanoat integratsiyasini rivojlantirishni maqsad qilmoqda.
👥 Ishtirokchilar:
• O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
• Energetika vazirligi, “O‘zenergoinspeksiya”;
• Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi;
• O‘zbekiston va Yevropaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari (jumladan TATU, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Andijon davlat universitesi, Farg‘ona texnika universiteti, Jizzax politexnika universiteti, Politecnico di Torino, Universidad Politécnica de Madrid, Universidade de Évora).
💬Muhokama qilinayotgan masalalar:
• Yangi tashkil etilgan bakalavr ta’lim dasturlari;
• Innovatsion laboratoriyalar faoliyati;
• Yashil energetika texnologiyalari;
• Fan va ishlab chiqarish integratsiyasi;
• Loyiha barqarorligi, sifat nazorati va monitoring;
• Moliyaviy boshqaruv va kommunikatsiya strategiyasi.
👀 Tadbir davomida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar barqaror energetika Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishi ekanini ta’kidlab, bilim almashinuvi va sheriklikni rivojlantirishga sodiqlik bildirdi.
📈 Ushbu workshop va konsortsium uchrashuvi DEBSEUz loyihasining ishonchli boshlanishi bo‘lib, O‘zbekistonda quyosh energetikasi bo‘yicha ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va sanoat hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.
📌Eslatma: Ushbu loyiha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) grantholderligi (grant oluvchi) asosida amalga oshirilmoqda.

