16 fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “OratUz UNION” tashabbusi bilan “Taraqqiyot strategiyasi markazi” va TATU “O’zbekiston yoshlar ittifoqi” b.t. hamkorligida “Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda yoshlarning o’rni” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Davra suhbatida “Taraqqiyot strategiyasi markazi” mutahassisi Sherzod Saparov ishtirok etdi.
Hech kimga sir emas “Harakatlar strategiyasi” ning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha yurtimizda keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O’z taqdiriga befarq bo’lmagan har qanday inson borki, bugun yurtimizda yuz berayotgan siyosiy o’zgarishlarga dahldordir. Universitet talabalari ham axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o’zlashtirish bilan birgalikda siyosiy va ijtimoiy sohalarda ham faol qatnashishmoqda. Bunga universitetda faol va tashabbuskor yoshlardan tashkil etilgan “OratUz UNION” (TATU talabalari notiqlar uyushmasi) yaqqol misol bo’la oladi. Uyushma tashkil etilganligiga ko’p bo’lmaganligiga qaramay talabalar hayotiga kirib bora oldi.
Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PQ-4947-sonli Farmoniga muvofiq qabul qilingan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”ning maqsad va vazifalari, mamlakatimizda demokratik islohatlarni chuqurlashtirish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakillantirish jarayonida yoshlarning tutgan o’rni yuqori ekanligi batafsil yoritib berildi.
Davra suhbatida faol ishtirok etgan yoshlar “Harakatlar strategiyasi” ko’krak nishonlari va “Harakatlar strategiyasining yillik sarhisobi” kitoblari bilan taqdirlandi.
Muallif: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Axborot xavfsizligi fakulteti talabasi Gulnoza Turobova