2021-yil uchun tayanch doktorantlar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohiblari aniqlandi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti doktoranti Alisher Berdiyev tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari va boshqaruv yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasini qoʻlga kiritdi.
Mazkur yutuq yurtimizda AKT sohasiga va ushbu yoʻnalishda IT mutaxassislarni tayyorlashga yuksak eʼtibor qaratilayotganidan dalolat beradi. Shuningdek, TATUda taʼlim sifati yuqoriligini yana bir bor namoyon etadi.
Berdiyev Alisher Alikulovich 2006-2010 yillarda Toshkent axborot texnologiyalar universitetining “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye” fakulteti bitiruvchisi. Talabalik davrida universitet qoshida ochilgan “Javaxarlal Neru” nomidagi yosh dasturchilar kursini tugatdi. 2010-2012-yillarda TATU RRT fakulteti “Raqamli televideniye va radioeshittirish” yoʻnalishini aʼlo baholar bilan tugatib, magistr darajasiga erishdi. Magistrlik davrida talabalar turar joyida Yoshlar yetakchisi.
2014-yilda Janubiy Koreaning Seul milliy fan va texnologiyalari universitetining “Next Generation Broadcasting Technique”, 2019-yilda Avstriyaning Klagenfurt universitetining “Nonlinear Dynamical Systems: Modeling, Simulation and CNN-based Computing” nomli maxsus kurslar tinglovchisi.
2017-2018-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi universitet akademiklari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining yirik korxona va tashkilotlarining raxbariyati, tajribali mutaxassislari va yosh olimlarning jamoat tashkiloti boʻlib, ilmiy-tadqiqot va ijod bilan shugʻullanuvchi yoshlarni birlashtirish, ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tizimli asosda yoʻnaltirish, mavjud ilmiy maktablar anʼanalarini davom ettirish hamda yangi ilmiy maktablarni shakllantirishga zamin yaratish, yosh olimlar kasbiy va ijtimoiy-maishiy miqyosdagi ilmiy ijodiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, universitetda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish orqali taʼlim sifatini oshirish va shu tarzda ilmiy kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishini taʼminlash hamda yosh olimlar ijodiy yutuqlarini targʻib qilishda koʻmaklashish vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladigan “Yosh olimlar kengashi” kotibi.
Oliy Attestatsiya komissiyasining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarni chop etishga tavsiya etilgan “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” nomli ilmiy-amaliy va axborot-tahliliy jurnali bosh muharrir yordamchisi, tahririyat kengashi aʼzosi.
Erasmus+ dasturi doirasidagi “Intelligent transport systems: new ICT – based masterʻs curricula for Uzbekistan (INTRAS)”, “New study program in space systems and communications engineering (SPACECOM)” kabi xalqaro loyihalar ishtirokchisi.
Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari va qurilmalari, Mobil, tola-optik aloqa tizimlari ixtisosligi boʻyicha 1 ta monografiya, 5 ta xalqaro eʼtirof etilgan maqola (Scopus), 13 ta respublika miqyosidagi maqolalar va 20dan ortiq tezislar muallifi.
Hozirda “Yer qatlami holatini optik-tolali oʻlchov tizimlari asosida radiomonitoring qilish usullarini ishlab chiqish” mavzusida ilmiy ish ustida izlanish olib bormoqda.
Ilmiy raxbari - “Oʻzbekistonda Respublikasida xizmat koʻrsatgan aloqa xodimi”, “Xizmat koʻrsatgan faxriy radiochi”, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining koʻkrak nishondori, “Xalqaro aloqa akademiyasining Oltin medali sovrindori, “Xalqaro axborotlashtirish akademiyasining akademigi” t.f.n. dotsent Raximov Toxir Gʻofurovich.
2020-yil 24-sentyabrdagi TATU Ilmiy kengashining qaroriga muvofiq Berdiyev Alisher Aliqulovich oʻzining dissertatsiya ishi 70% foizga tayyorligi, malakaviy imtihonlarni aʼlo darajada topshirganligini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi tayanch doktorantlari oʻrtasida Prezident stipendiyasi tanlovida ishtirok etish uchun nomzod sifatida tavsiya etildi.
A.A. Berdiyev Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 2008-yil 13-oktyabrdagi 226-son qaroriga asosan OTM tayanch doktoranturasining doktorantlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovida Davlat test markazida oʻtkazilgan axborot texnologiyalari, Oʻzbekiston tarixi va ingliz tili (CEFR) boʻyicha maxsus testdan muvaffaqiyatli oʻtdi. Oliy taʼlim vazirligi tomonidan tashkil etilgan maxsus komissiya oʻtkazgan suhbat jarayonida eng koʻp ovoz toʻplagan nomzod sifatida topildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 22-yanvardagi 1/1 sonli Hayʼat qarori bilan Berdiyev Alisher Aliqulovich Tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari va boshqaruv yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi boʻldi.
TATU rahbariyati Berdiyev Alisher Aliqulovichni muvaffaqiyatlari bilan chin dildan tabriklaydi va kelgusi ishlarida omad tilab qoladi.