2023-2024-o‘quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallaridan bakalavriat yo‘nalishida 22 nafar talaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, Beruniy, Islom Karimov, To‘lepbergen Kaipbergenov hamda Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalarini qo‘lga kiritishdi.
Shu munosabat bilan, talabalarimizni va ularning ota-onalarini hamda ilmiy rahbarlarini TATU jamoasi nomidan chin dildan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusida ularga ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirgan holda jonajon vatanimizni rivojlanishi yo‘lida hissasini qo‘shadigan yetuk kadrlar bo‘lishlarini tilaymiz. Omad sizga yor bo‘lsin, aziz talabalar.