Dasturlash bo‘yicha olimpiada

  • Home
  • Dasturlash bo‘yicha olimpiada

14 may kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetidahar yili o‘tkazilishi an’anaga aylangan universitet va uning xududiy filiallari hamda Toshkent shahridagi INHA univesitetining birinchi bosqich talabalari jamoalari o‘rtasida dasturlash bo‘yicha olimpiada tashkil etildi.

Ushbu o‘tkazilgan olimpiadadasturlash bo‘yicha musobaqalarning birinchi-saralash bosqichi bo‘lib, onlayn ko‘rinishida tashkil etildi.

Musobaqada Toshkent shahridan 35 ta, Urganch filialidan 12 ta, Farg‘ona filialidan 7 ta, Samarqand filialidan 13 ta va Qarshi filialidan13 ta jamoalar bellashdilar(natijalar haqidagi ma’lumotlarni acm.tuit.uz va algo.ubtuit.uz sahifalarida ko‘rishingiz mumkin).

Musobaqaning 2-bosqichi 20-21-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bunda birinchi bosqichda kamida 4ta topshiriqni muvaffaqiyatli bajargan jamoalar qatnashish huquqiga ega bo‘ladilar.

 

Dasturlash bo‘yicha olimpiada

 

Dasturlash bo‘yicha olimpiada

 

Dasturlash bo‘yicha olimpiada

 

Dasturlash bo‘yicha olimpiada