Xalqaro dasturlash musobaqasida O'zbekiston yana yuqori natijalarni qayd etdi hamda TATUning Code of Duty jamoasi O'zbekiston chempioni sifatida qayd etildi.

  • Home
  • Xalqaro dasturlash musobaqasida O'zbekiston yana yuqori natijalarni qayd etdi hamda TATUning Code of Duty jamoasi O'zbekiston chempioni sifatida qayd etildi.

#xush_xabar

🏆 Xalqaro dasturlash musobaqasida O‘zbekiston yana yuqori natijalarni qayd etdi hamda TATUning Code of Duty jamoasi O‘zbekiston chempioni sifatida qayd etildi.

📆Joriy yilning 12-13-dekabr kunlari xalqaro dasturlash musobaqasi NEERC finali (ICPC yarim finali) bo‘lib o‘tdi. Musobaqa jami uchta hududda, Rossiyaning Sankt Peterburg shahrida, Gruziyaning Kutaisi shahrida hamda Qozog‘istonning Astana shaharlarida bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada ishtirok etish uchun O‘zbekiston OTMlaridan jami 13 ta jamoa Qozog‘istonning Astana shahriga borishdi. Musobaqada O‘zbekistondan ishtirok etgan jamoalardan faqatgina 4 tasi yetakchi jamoa sifatida diplom olish nasib etdi.

⏺Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi Code Of Duty (Mirakilov, Qodirov, Umurzoqov) jamoasi jami 6 ta masala ishlagan holda 2-darajali diplom bilan taqdirlandi va O‘zbekiston chempioni bo‘lishdi.

⏺ Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi Algo Experts (Qarshiyev, Qayumjonov, Jalolov) jamoasi jami 5 ta masala ishlagan holda 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamizki, shu paytgacha O‘zbekistondagi OTMlar ichida bu kabi nufuzli tanlovlarda qatnashib diplom olish juda qiyin bo‘lgan. Faxr bilan aytishimiz mumkinki, aynan bizning universitetimiz talabalari musobaqada o‘z bilim salohiyatlarini namoyish qilgan holda, yuqori natijalarni qayd etdilar. Bundan tashqari TATU universiteti jamoalari 2019-yildan buyon birinchi marotaba O‘zbekiston chempioni bo‘lishdi.

🎉Talabalarimizni tabriklaymiz. Bu kabi yutuqlar bardavom bo‘lsin!!!

✈️@tuituz_official