Bugun – tarixiy sana! TATU Nurafshon filiali o‘zining birinchi bitiruvchilarini katta faxr va iftixor bilan hayotning yangi bosqichiga kuzatdi.

  • Home
  • Bugun – tarixiy sana! TATU Nurafshon filiali o‘zining birinchi bitiruvchilarini katta faxr va iftixor bilan hayotning yangi bosqichiga kuzatdi.

Bugun Filialimiz ilk qaldirg‘ochlarini kuzatish kechasi bo‘lib o‘tdi. Filialimiz rahbariyati, professor-o‘qituvchilar bitiruvchi talabalarimiz hamda ularning ota-onalari jam bo‘lgan ushbu tantanali tadbirda ilk bitiruvchilarimizga Universitetimiz rektori Baxtiyor Maxkamov hamda direktorimiz Nurbek Nasrullayev talabalarimizning ilk bakalavrlik ramziy diplomlarini topshirdilar.

Bu yo‘l oson kechmadi – ammo sizlar har bir daqiqani mehnat, sabr va orzular bilan to‘ldirdingiz!

Sizlar – bu filialning ilk yulduzlari, ilk bitiruvchilarisiz!
Kelajagingiz porloq bo‘lsin, aziz bitiruvchilar!