Bugun, 13-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Amerika Qo‘shma Shtatlarining “FamilySearch” nodavlat notijorat tashkiloti Yevropa bo‘yicha strategik biznes-menejeri Tomas Hengst tashrif buyurdi.

  • Home
  • Bugun, 13-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Amerika Qo‘shma Shtatlarining “FamilySearch” nodavlat notijorat tashkiloti Yevropa bo‘yicha strategik biznes-menejeri Tomas Hengst tashrif buyurdi.

Bugun, 13-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Amerika Qo‘shma Shtatlarining “FamilySearch” nodavlat notijorat tashkiloti Yevropa bo‘yicha strategik biznes-menejeri Tomas Hengst tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmon universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, ilmiy va o‘quv laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Xususan, O‘zarxiv agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Elektron arxivlar” laboratoriyasiga tashrif chog‘ida FamilySearch platformasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda oilaviy shajarani shakllantirishga mo‘ljallangan axborot tizimini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun:
FamilySearch — dunyo bo‘ylab milliardlab tarixiy hujjatlarni (tug‘ilish, nikoh, o‘lim, aholi ro‘yxatlari va boshqalar) o‘zida jamlagan, oilaviy tarixni o‘rganishga mo‘ljallangan xalqaro platforma hisoblanadi.