Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan 22-24-may kunlari TATU Urganch filialida “Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar” mavzusida seminar-treninglar, soha korxonalari va IT-Park rezidentlari bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari ko‘rgazmalari tashkil etildi.
🎓Unda filialning talaba-yoshlari ishtirok etib, ularga:
🔹Bitiruvchilarga malaka talablari;
🔹IT-ta’limdagi imkoniyatlar;
🔹TATU "Karyera markazi" faoliyati;
🔹Xalqaro nufuzli IT-kompaniyalarga ishga joylashish;
🔹Linkedin tarmog‘idan samarali foydalanish;
✅Seminarda TATU "Karyera markazi" mutaxassislari hamda IT-Park Urganch filiali mutaxassislari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.
⚡️Seminar va ko‘rgazmalar ertaga ham davom qiladi.