TATU talabalari Best Soft Challenge-2017 tanlovi g‘olibi

  • Home
  • TATU talabalari Best Soft Challenge-2017 tanlovi g‘olibi
TATU talabalari har yili an’anaviy o‘tkazilib kelinayotgan “Best Soft Challenge-2017” tanlovida o‘zlarining loyihalari bilan faol ishtirok etib kelishmoqda. Bu yil o‘tkazilgan tanlovda ham universitet talabalari tomonidan taqdim etilgan Mobil ilova orqali velosopedlarni ijaraga olish – “VeloBot” loyihasi “Aqlli shahar” yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi.
Loyihaning afzalligi shundaki, poytaxt ko‘chalarida velosoped hududlari, bekatlari tashkil etilib, ularda velosopedni ijaraga olgan yo‘lovchi qancha vaqt yurganiga qarab to‘lovni terminal yoki naqd ko‘rinishda to‘lashi mumkin. Har bir transport qurilmasiga GPS navigatori o‘rnatiladi va velosipedni ijaraga olgan yo‘lovchi uni bir bekatdan ikkinchisiga bemalol tashlab ketaveradi, deydi loyiha guruhi ishtirokchisi Miroqil Yoriqulov.
Biz talabalarni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, ularga yanada katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!