TATU talabasi "Best of the Best" chempionlik kamari sohibi

  • Home
  • TATU talabasi "Best of the Best" chempionlik kamari sohibi

Joriy yilning 9-iyun kuni Qarshi shahrida professional Kikboksing janglari o‘tkazildi. Ushbu musobaqada 75 kg vazn toifasida universitetimizning Kompyuter injiniring fakulteti 4-bosqich talabasi Rustam Xamdamov ham ishtirok etdi va raqibini muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratib "Best of the Best" chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

R.Xamdamovning kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz!