24 fevral kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Buyuk Britaniyaning Bat Universiteti (University of Bath) mutaxassisi Ian Krouford ishtirokida TATU rahbariyati, kafedra mudirlari, bitiruvchi talabalar hamda Fido-Biznes, «UNICON.UZ», ASAP Solutions kabi soha korxona vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv ta’lim sifatini ta’minlash dasturi asosida O‘zbekistondagi Oliy ta’lim muassasalarning soha korxonalar bilan hamkorlik faoliyati tajribasini o‘rganish maqsadida tashkil etildi. Uchrashuv davomida universitet va ish beruvchi soha korxonalari o‘rtasidagi faoliyat yuritish mexanizmi, bitiruvchi talabalarni ishga joylashtirish, salohiyatli ish beruvchilar bilan samarali hamkorlik o‘rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashtirish monitoringi haqida fikrlar almashildi.