Barcha IT sohasiga qiziquvchi shijoatli yoshlar diqqatiga!

  • Home
  • Barcha IT sohasiga qiziquvchi shijoatli yoshlar diqqatiga!

Barcha IT sohasiga qiziquvchi shijoatli yoshlar diqqatiga!📢

Telekommunikatsiya sohasida o‘z bilimingizga ishongan yoshlar safidamisiz?
Joriy yil 21–22-yanvar kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUning "Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari" kafedrasi va “ILM.UZ IT ACADEMY” hamkorligida tashkil etiladigan OLIMPIADAga taklif etamiz!
Bilimlar bellashuvi TARMOQ ADMINISTRATORLIGI yo‘nalishida bo‘lib o‘tadi.

Olimpiada quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:
▪️1-bosqich: “Kommutatsiya va marshrutizatsiya” yo‘nalishi bo‘yicha test (50 ta test, 60 daqiqa).
▪️2-bosqich: Tarmoq simulyatorlarida (masalan: Cisco Packet Tracer, GNS va boshqalarda) topshiriqlarni bajarish
▪️3-bosqich: Real qurilmalar asosida tarmoq topologiyalarini qurish.

✅G‘oliblar maxsus sertifikatlar hamda “ILM.UZ IT ACADEMY o‘quv kurslari uchun chegirmali vaucherlar bilan taqdirlanadilar.

📝Ishtirok etish uchun ilm.uz saytida Aloqa bo‘limi (https://ilm.uz/#contact) orqali Olimpiada bandini tanlab ro‘yxatdan o‘ting
yoki qo‘ng‘iroq qiling:
📞 +998951966600