27 may kuni "Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” va "Elektron kutubxona va arxivlar” magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi o‘tkazildi. Himoyani magistrlik dissertatsiyalari himoyasi DAK raisi "O‘zarxiv” agentligi bosh direktori, texnika fanlari nomzodi, dotsent Abdullaev Abdushukur Xamidovich kirish so‘zi bilan ochib, Axborot kutubxona va arxiv sohalariga yetishtirilayotgan kadrlar, ularning ilmiy salohiyati, Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining respublikaga kadrlar yetishtirishda qo‘shayotgan hissasi haqida gapirdi. Himoyada "Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” magistratura mutaxassisligi bitiruvchilari Kamola Yusupovaning "Multimedia texnologiyalari asosida axborot madaniyatini shakllantirish metodikasi”, Dilafruz (Maxmudova) Xikmatullaevaning "Methods and software of journal electronic database creation”, Komila Gulomovaning "Milliy umumta’lim elektron kutubxona”ni tashkil etish metodlari va texnologik jihatlari” kabi MDlari dolzarb, ilmiy-amaliy jihatdan muhimligi bilan ajralib turdi. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, barcha bajarilgan magistrlik ishlari amaliyot bilan bog‘langan, A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, Respublika bolalar kutubxonasi, respublikaning bir qator kollej ARMlarida amaliyotga joriy etilgan. Shuningdek, bir qator ishlar ingliz tilida muvafaqqiyatli himoya qilindi.
2015-16 o‘quv yilida "Elektron kutubxona va arxivlar” magistratura mutaxassisligining ilk bitiruvchilari MDlarni muvaffaqiyatli himoya qildilar. Ulardan Zulayxo Norqulovaning "Method and models of movies and photo materials data base creation”, Dilnoza Mardonovaning "Methods of information exchange between archives" nomli magistrlik dissertatsiyalari dolzarbliligi va amaliyotga bog‘liqligi bilan ajralib turdi.