Bugun, 28-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori prof. Baxtiyor Maxkamov hamda Osiyo tinch okeani texnologiya va innovatsiyalar universiteti( Asia Pacific University of Technology & Innovation (APU)) prezidenti Datuk. Parmjit Singh o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida universitetlar o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Ma’lumot uchun: Asia Pacific University of Technology & Innovation (APU) - bu Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida joylashgan maxsus universitetdir. Universitet xalqaro QS Asia University Rankings 2023 reytingida Malayziyaning eng yaxshi 10 ta universitetlari qatoriga kiradi. Shuningdek, APU xalqaro talabalar uchun eng yaxshi TOP 5 hamda World University Rankings – Osiyo 2023 da Top 240 ta universitet safiga kirgan hisoblanadi.