Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorlik aloqalarini kengaytirish va rivojlantirish maqsadida Janubiy Koreyaning "Koreya milliy transport universiteti" bilan anglashuv memorandumini imzolandi
Memorandumga ko‘ra akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, konferensiyalar tashkil etish, ta’lim va tadqiqot resurslarini almashinish va boshqa bir qator masalalar yuzasidan hamkorlik qilishga kelishib olindi. So‘ngra, universitetlarni tanishtirish bo‘yicha taqdimotlar, universitet tarixi, bugungi ko‘rsatgichlari, erishgan yutuqlari va imkoniyatlari haqida so‘zlab berildi.
Uchrashuv davomida IT mahsulotlar va xizmatlarni taqdim etishda dizayn yo‘nalishida qo‘shma loyihalar va kurslarni tashkil etish bo‘yicha har ikki universitetning imkoniyatlari o‘rganildi.